“Iqtisodiy tahlil” nomli elektron darslik chop etildi
Toshkent moliya instituti “Iqtisodiy tahlil” kafedrasi professori v.b. Mavlanov Normo‘min Normamatovichning “Iqtisodiy tahlil” nomli elektron darsligi chop etildi.
Mazkur elektron darslik xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyati, uning samaradorligi, moliyaviy ahvoli va natijaviyligi, ularning pul ishlab topish va kapitalni o‘stirish imkoniyatlarini aniqlash, muhim axborotlar oqimini shakllantirish orqali iqtisodiy tahlil etish bilan xo‘jalik yurituvchi subyektlarda iqtisodiy resurslardan oqilona va samarali foydalanish, aktivlar va ularning kelgusidagi ko‘payishi, kapitali va uning o‘sishi, majburiyatlarining holati, moliyaviy natijasi va rentabelligi, pul oqimlari va ularning kutilishlari, boshqaruvning barcha obyektlari bo‘yicha axborotlarni chuqur qayta ishlash orqali faoliyatni maqsadli yo‘lga qo‘yish imkonini beradi.
Elektron darslik oliy ta’lim muassasalarining barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari va iqtisodiy ta’lim yo‘nalishlari mavjud oliy ta’lim muassasalarining talabalari, magistrantlari, buxgalterlar va ilmiy izlanuvchilarga mo‘ljallangan.