“IQTISODCHILAR UCHUN MATEMATIKA. 1-MODUL (AMALIY MASHG‘ULOTLAR UCHUN MISOL VA MASALALAR TO‘PLAMI)” NOMLI O‘QUV QO‘LLANMA CHOP ETILDI
Toshkent moliya instituti “Oliy va amaliy matematika” kafedrasi katta o‘qituvchisi H.A.Djumaniyazova tomonidan tayyorlangan “Iqtisodchilar uchun matematika. 1-modul (amaliy mashg‘ulotlar uchun misol va masalalar to‘plami)” nomli o‘quv qo‘llanmasi chop etildi.
Zamonaviy yetuk iqtisodchilarni tayyorlashda matematik usullarni o‘qitish, bo‘lajak iqtisodchilarga iqtisodiy matematik modellar tuzish va optimal yechimlar topishda bevosita yordam beradi. Shu sababli, ham iqtisodchi kadrlarni matematik usullar bilan tanishtirish va bu usullarni qo‘llay bilishga o‘rgatish muhim ahamiyatga egadir.
Mazkur o‘quv qo‘llanma o‘z ichiga malakali iqtisodchilar tayyorlash uchun zarur bo‘lgan matematikaning chiziqli algebra qismiga doir barcha mavzularni qamrab olgan. Masalan, matritsalar bo‘limi statistik ma’lumotlarni kichik hajmda to‘plashga bo‘lsa, tenglamalar sistemasi iqtisodiy jarayon dinamikasini o‘rganishda va chiziqli modellashtirish masalalarining optimal yechimlarini topishda kerak bo‘ladi. O‘quv qo‘llanma chiziqli algebraning iqtisodiy tatbiqiga doir amaliy masalalar atroflicha o‘rganilib, talabalarga iqtisodiy masalalarning yechimlarini tahlili to‘g‘risida to‘liq ma’lumot berishi mumkin bo‘lgan misollar keltirilgan.