“Moliya bozori va birja ishi” darslik chop etildi
“Korporativ moliya va qimmatli qog‘ozlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari S.Elmirzayev, F.Muxamedov, D.Abdikarimova, A.Karimovlar tomonidan “Moliya bozori va birja ishi” fanidan “Moliya bozori va birja ishi” nomli darslik chop etildi.
Mazkur darslikda moliya bozorining nazariy asoslari, pul bozori, obligatsiyalar bozori, aksiyalar bozori, ipoteka qimmatli qog‘ozlari bozori, hosilaviy qimmatli qog‘ozlar bozori, xorijiy valyutalar va kriptovalyutalar bozori, qimmatbaho metallar bozori, moliya bozori tahlili, moliya bozori risklari va portfelni boshqarish, fond bozori va uning faoliyat mexanizmi, moliya bozorida boshqa moliya institutlari ishtiroki, moliya bozorini tartibga solish, birjalar va ularning nazariy asoslari va rivojlanishi, O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining faoliyati, savdo platformalari va a’zolari, O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi faoliyati mexanizmi, xorijiy mamlakatlarda tovar birjalari faoliyat mexanizmi, qimmatli qog‘ozlarni chiqarish, joylashtirish va ularni hisobga olish. qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari, fond birjasi, uning tashkil topishi, tarkibiy tuzilmasi va faoliyatining huquqiy-me’yoriy asoslari, fond birjaning faoliyat mexanizmi, fond birja indekslari, birja auksioni va tahlil turlari, xorijiy mamlakatlar fond birjalari faoliyati va listing talablari, valyuta birjalari faoliyati, xorijiy mamlakatlar valyuta birjalari kabilar yoritib berilgan.
Darslikda mavzularning nazariy jihatlari atroflicha yoritilishi bilan birga, amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha nazorat savollari, talabalarni fikrlashga undovchi alohida topshiriqlar, test savollari, masalalar ham dasturda keltirilgan. Bunda asosiy e’tibor talabaning mustaqil ishlashiga qaratilgan.
Mavzular yoritilishida moliya bozorining milliy amaliyoti bilan birga, rivojlangan davlatlar tajribalariga ham alohida e’tibor qaratilganligini qayd etib o‘tish lozim. Shuningdek mustaqil ta’limni samarali tashkil etishga alohida e’tibor qaratilgan.
Darslik “Moliya”, “Kasbiy ta’lim (Moliya)”, “Bank ishi”, “Kasbiy ta’lim (Bank ishi)”, “Soliqlar va soliqqa tortish”, “Buxgalteriya hisobi va audit”, “Sug‘urta ishi”, “Pensiya ishi”, “Baholash ishi”, “Davlat byudjeti g‘azna ijrosi”, “Korporativ moliya”, “Birja ishi” yo‘nalishlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Moliya bozori va birja ishi” fani o‘quv dasturi asosida yozilgan.