“Menejment asoslari” nomli elektron  darslik chop etildi

“Menejment asoslari” nomli elektron  darslik chop etildi

 

Toshkent moliya instituti “Menejment va marketing” kafedrasi mudiri, i.f.d., professor Sh.A.Allayarov tomonidan “Menejment asoslari” nomli elektron  darsligi chop etildi.

 

     “Menejment asoslari” fanidan tayyorlagan elektron darslik iqtisodiyot yo‘nalishidagi texnikumlar uchun ta’lim olayotgan talabalar (o‘quvchilar) uchun mo‘ljallangan bo‘lib, o‘quv reja va  o‘quv dasturi asosida tuzilgan.

    Uning asosiy maqsadi bozor iqtisodiyoti sharoitida  menejment asoslarining asosiy jihatlarini qamrab olgan holda, talabalarga bilim berish sifatini yanada oshirishdir. O‘quv qo‘llanmada 13 ta mavzu ochib berilgan bo‘lib, ularning asosiy qismi sifatida menejment asoslari, menejment asoslari tizimi, menejment ularning qonuniyatlari va tamoyillarini o‘rganadi.

    Ushbu o‘quv qo‘llanmani  tayyorlashda  mamlakatimiz va xorijda chop etilgan o‘quv va ilmiy adabiyotlardan, mualliflarning pedagogik tajribalari natijalaridan unumli foydalanilgan.

17:10 / 2023-12-20
Success helper
Success warning