“Moliya bozori va moliyaviy texnologiyalar” o‘quv qo‘llanma chop etildi
“Korporativ moliya va qimmatli qog‘ozlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari S.Elmirzayev, N.Shavkatov, N.Sherkuzieva, A.Karimov, D.Abduraximova, S.Omonovlar tomonidan “Moliya bozori va moliyaviy texnologiyalar” fanidan “Moliya bozori va moliyaviy texnologiyalar” nomli o‘quv qo‘llanma chop etildi.
Mazkur o‘quv qo‘llanmada moliya bozori va moliyaviy texnologiyalarning nazariy asos-lari, moliya bozorining mohiyati, moliya bozori instrumentlari tasnifi va tavsifi, ulush va qarz munosabatlarini ifodalovchi qimmatli qog‘ozlar, hosilaviy qimmatli qog‘ozlar bozori, moliya bozorida investitsiya institutlari faoliyati, moliya bozorida emitentlar va investorlar faoliyati, qimmatli qog‘ozlar bozorida aksiyadorlik jamiyatlarining vazifalari, tijorat banklarining moliya bozoridagi vazifalari, moliya bozorida fond birjalari faoliyati, fond birjalari indekslari, moliya bozorini muvofiqlashtirish va nazorat qilish asoslari, moliya bozorida investitsiyalar harakati va ularning samaradorligini baholash xususiyatlari va ularni joriy etish kabilar yoritib berilgan.