“Statistika bo‘yicha praktikum” elektron darsligi tayyorlandi
Toshkent moliya instituti «Statistika va ekonometrika» kafedrasi mudiri, PhD, dotsent Utanov Bunyod Kuvandikovichning barcha mutaxassislik talabalari uchun “Statistika bo‘yicha praktikum” elektron darsligi tayyorlandi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 29-sentyabrdagi 439-sonli buyrug‘iga asosan foydalanish uchun ruxsatnoma olindi.
Elektron darslik statistika nazariyasi va ijtimoiy-iqtisodiy statistikaga oid misol va masalalarni yеchish, ularni tahlil qilishga mo‘ljallangan bo‘lib, unda misol va masalalarni yеchish uchun uslubiy ko‘rsatmalar, namunaviy misollar yеchimi hamda barcha mavzular bo‘yicha mustaqil ishlash uchun masalalar keltirilgan.