«Strategik boshqaruv» fanidan elektron darslik nashr etildi
Toshkent moliya institutining “Menejment va marketing” kafedrasi professori D.J.Jalolovaning «Strategik boshqaruv» fanidan elektron darsligi nashr etildi.
Elektron darslik 70411201-“Menejment” (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) magistratura mutaxassisligi uchun mo‘ljallangan va zamonaviy mehnat bozorining talablariga asoslanadi. Elektron darslik mantiqan tuzilgan va “Strategik boshqaruv” fanini o‘rganish uchun o‘quv materiallarining butun spektrini qamrab oladi.
Darslik “Strategik boshqaruv” fanining predmeti va metodi,korxonaning ichki va tashqi muhitlarini tahlil qilish modellari, strategiyani bajarish bo‘yicha asosiy vazifalar, strategiyaga mos yo‘nalishlarini belgilash, korxonada strategiyani quvvatlovchi ishchanlik muhitini yaratish, strategik boshqarish samaradorligini oshirish va takomillashtirish uslubiyatlari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘ladi.
Elektron darslik ma’ruzalar kursi, nazorat savollari, o‘z-o‘zini tekshirish testlari, glossariy va adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
Elektron darslik talabalarning mustaqil ishlashi, shuningdek, o‘qituvchilarga ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishda yordam berish uchun mo‘ljallangan.