“Soliq ma’murchiligi” fanidan tayyorlangan elektron darslik
Toshkent moliya instituti “Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi dotsenti Berdiyeva Uguloy Abdurahmonovna tomonidan “Soliq ma’murchiligi” fanidan tayyorlangan elektron darslik oliy ta’lim muassasalarida 60410200 - Soliqlar va soliqqa tortish (faoliyat turlari bo‘yicha) bakalavriat ta’lim yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan.
Mazkur elektron darslik 14 ta mavzuni qamrab olgan. Ular tarkibida “Soliq ma’murchiligi fanining mohiyati, maqsadi va vazifalari”, “Soliq ma’murchiligi tizimining tashkiliy va huquqiy asoslari”, “Soliq ma’murchiligini amalga oshirishda Davlat soliq xizmati organlarining o‘rni”, “Soliq to‘lovchilar va soliq obyektlarini hisobga olish tizimi“, “Soliq idoralarida soliqlar va majburiy to‘lovlar hisobining yuritilishi”, ”Soliq majburiyatini bajarilishi.Soliq qarzini undirish mexanizmi va uni takomillashtirish”, “Soliq nazorati. Kameral soliq tekshiruvi, uni tashkil qilish va o‘tkazish mexanizmi”, “Soliq tekshiruvlari. Davlat soliq organlari amalga oshiriladigan nazorat tadbirlari”, “Soliq tekshiruvi. Soliq tekshiruvini tashkil qilish”, “Soliq tekshiruvini o‘tkazish tartibi”, “Soliq tekshiruvi natijalarini rasmiylashtirilishi va uni ko‘rib chiqish tartibi”, “Soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlik choralari”, ”Davlat soliq xizmati organlarida joriy etilgan dasturiy mahsullar hamda soliq to‘lovchilarga ko‘rsatiladigan davlat xizmatlar”, “Soliq ma’murchiligi amalga oshirishda ilg‘or xorijiy mamlakatlar tajribasi” kabi mavzular ko‘rib chiqilgan.
Elektron darslik oliy o‘quv yurtlarining 60410200 - Soliqlar va soliqqa tortish (faoliyat turlari bo‘yicha) bakalavriat ta’lim yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalariga, ilmiy izlanuvchilarga hamda mazkur fanni o‘qitadigan professor-o‘qituvchilarga mo‘ljallangan.