Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining maxsus stipendiyasiga tanlov eʼlon qilinadi
Tanlovda bank ishi, iqtisodiyot, banklarda buxgalteriya hisobi, makroekonomika, statistika yoʻnalishlari boʻyicha bakalavriaturaning kunduzgi boʻlimining soʻnggi kursida (4-kursda) hamda magistraturada taʼlim olayotgan talabalar tanlovda ishtirok eta oladi.
2022/2023 oʻquv yili uchun Markaziy bank stipendiyasi 2022-yil 3-oktyabrdan tayinlanadi.
🗂Hujjatlarni qabul qilish muddati - 2022-yil 6 – 9-sentyabr, koʻrib chiqish va tanlov muddati - 12-sentyabr – 16-sentyabr.
Markaziy bank stipendiyasi respublika hududida oʻrnatilgan bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda belgilanadi.
Markaziy bank stipendiyasini tayinlash uchun quyidagi mezonlar belgilanadi:
✅oʻquv jarayonida (soʻnggi semestr natijalariga koʻra) yuqori reyting koʻrsatkichiga ega boʻlishi;
✅bitta xorijiy tilni mukammal bilish tavsiya etiladi (IELTS - 6.5) sertifikatiga ega boʻlganlarga ustunlik beriladi;
✅iqtisodiyot boʻyicha xalqaro yoki respublika olimpiadasi gʻolibi yoki sovrindoriga ustuvorlik beriladi.
Markaziy bank stipendiyasiga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim qiladi:
🔖maʼlumotnoma (obyektivka), rangli rasm;
🔖pasport nusxasi;
🔖nomzodning reyting (sinov) daftarchasi nusxasi;
🔖Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan xorijiy davlatlar oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun oʻrnatilgan tartibda fanlarni oʻzlashtirish bali toʻgʻrisida maʼlumotnoma;
🔖nomzodning chet tilini oʻzlashtirganligini tasdiqlovchi hujjatlar, ilmiy ishlanmalari, ilmiy konferensiya va seminarlarda ishtirok etgan maʼruza tezislari va chop etilgan maqolalari (agar mavjud boʻlsa).
Zarur hollarda hujjatlarning asl nusxalari talab etiladi❗️
Barcha hujjatlar kopiyasi papkada (Shuningdek, PDF formatda, fayl yigʻmajildida) Toshkent moliya instituti "Iqtidorli talabalar bo'limi" +998 90 012 69 25 (murojaat) topshiriladi.
Aloqa telefonlari (71) 212-6064, 212-6044.
⌛️Hujjatlarni topshirish muddati: 2022-yil 9-sentyabr soat 17:00 gacha.