Vakant ish o‘rinlariga pedagog-xodimlar ishga taklif etiladi

Vakant ish o‘rinlariga pedagog-xodimlar ishga taklif etiladi

#E'lon

Toshkent moliya instituti kafedralariga 2022/2023 o‘quv yili uchun professor, dotsent, katta o‘qituvchi, o‘qituvchi (assistent), o‘qituvchi-stajyor lavozimlariga vakant ish o‘rinlariga ishga qabul qilishga tanlov e’lon qilinadi. 

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan pedagog-xodimlar tegishli hujjatlarni 2022-yil 28-avgustga qadar institut xodimlar bo‘limiga taqdim etishlari mumkin. 

Buxgalteriya hisobi va audit fanlari bo‘yicha nomzodlardan xalqaro buxgalter sertifikatiga ega bo‘lish talab etiladi.

Tanlovda nomzodlarning ilmiy daraja va unvonlarga egaligi, xorijiy tillarni bilish darajasi hamda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan foydalanish darajasiga ustuvorlik qaratiladi.

Manzil: 100000, Toshkent shahri A.Temur ko‘chasi 60A-uy

Bog‘lanish:

Telefon: (8 371) 234-46-26

Faks: (8 371) 234-11-48

Pochta: devonxona@tfi.uz

Ishonch telefoni: (8 371) 235-77-66


 

16:00 / 2022-08-20
Success helper
Success warning