“ILMDAN BOSHQA NAJOT YO‘Q VA BO‘LMAGAY”

“ILMDAN BOSHQA NAJOT YO‘Q VA BO‘LMAGAY”

O‘zbekiston Respublikasi Xavfsizlik kengashining 2021-yil 12-yanvardagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida bo‘lib o‘tgan kengaytirilgan yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent moliya institutida hamda O‘zbekiston Xalqaro islom akademiyasi hamkorligida “Ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmagay” mavzusida uchrashuv tashkil qilindi.

 

 

Tadbirda Toshkent moliya instituti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor v.v.b. Narbaev O‘ktam Tilovqobilovich, institut Murabbiylar Kengashi raisi Radjabov Umurzak Ablakulovich, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchisi Ernazarov Odil Kamilovich va Iqtisodiyot fakulteti dekani Safarov G‘iyosiddin Abdullayevich ishtirok etdilar.

 

 

Davra suhbatida bugungi kunda dunyoda ilmsizlik va jaholat oqibatida yuzaga kelayotgan ekstremizm va terrorizm kabi balo barchani tashvishga solib kelayotganini qayd etdi. Buning oldini olish uchun esa yoshlarni ilm-ma’rifatli qilish, ularni komil inson qilib tarbiyalash dolzarb vazifa ekanligini ta’kidladi.

 

 

Ilm-ma’rifat — insonni kamolotga yetaklovchi, unga najot beruvchi buyuk ne’mat. Bu fikrning yorqin dalili sifatida Imom Buxoriyning o‘n ikki asr oldin “Dunyoda ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmagay” degan fikrlari asos. Shu bois ajdodlarimiz qadimdan ilm-ma’rifat o‘rganish va farzand ta’lim-tarbiyasiga ustuvor ahamiyat qaratib keladi. Bugun bu an’ana davom etayotgani, so‘nggi yillarda mamlakatimizda ilm-fan va diniy ma’rifatga berilayotgan e’tibor yaqin kelajakda o‘z samarasini berishi shubhasiz.

 

 

 

 

11:21 / 2021-04-20
Success helper
Success warning