Marg’ilon bank - moliya texnikumida tadbir
Toshkent Moliya instituti tasarrufidagi Marg’ilon bank - moliya texnikumida "Bank ishi" kafedra haftaligini doirasida "Mijoz bank uchun emas, bank mijoz uchun" deb nomlangan tadbir o'tkazildi.
Tadbirga mehmon sifatida AT Ipoteka bank Farg’ona filiali boshqaruvchi o’rinbosari Po’latov Ulug’bek, Ipoteka bank Farg’ona viloyati mintaqaviy filiali “Kredit monitoring bo’limi boshlig’i Fayziyev Baxromjon, O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Farg'ona viloyati kengashi rais o’rinbosari Mo’ydinov Davronbek, Toshkent shahridagi YODJU texnika instituti Turizm yo’nalishda rahbar o’rinbosari Ibrohimov Ilhomjon, AT Agrobank Qo’shtepa filiali front ofis bosh menejiri Olimov Nodirbek tashrif buyurdilar.
Ma’ruzachilar bank xizmatlari, hamkorlik shakllari, yuqori sifatli xizmat ko'rsatish, har bir mijozga individual yondoshish, ish samaradorligi va o'zaro manfaatli hamkorlik va oliy ta’lim tizimi bilan o’zaro integratsiya haqida bo’lajak talabalarga ma’lumot yetkazdilar.