Buyuk Britaniyaning Warwick universitetidan tashrif

Buyuk Britaniyaning Warwick universitetidan tashrif

 “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi tashabbusi bilan Buyuk Britaniyaning Warwick universitetidan O‘zbekistonga xalqaro malaka oshirish kurslari bo‘yicha tashrif buyurgan mutaxassis-Jonatan French Toshkent moliya institutiga taklif etildi.

 

 Buyuk Britaniya reytingi bo‘yicha 2-o‘rinda turuvchi eng nufuzli universitet hisoblanadigan Warwick universiteti hodimi tashrif davomida Respublika ilmiy amaliy innovatsiya markazi qoshida faoliyat olib borayotgan O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari nofilologik yo‘nalishdagi ingliz tili o‘qituvchilari o‘zaro tajriba almashish (UzTESPING) guruhi bilan  muloqat o’rnatdi. O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan ingliz tili o‘qituvchilarining chet ellarda malaka oshirishdagi ehtiyojlari yuqoriligini inobatga olib Buyuk Britaniyaning grant ta’lim dasturlari haqida ma’lumot yetkazdi.

 

 Jonatan French o’z tashrifi davomida institutimiz rektori Azizov Ulug’bek O’ktamovich hamda “Bank ishi” fakulteti talabalari bilan uchrashib, universitetlararo kadrlar va talabalar almashinuv dasturlari bo’yicha o’zaro fikr almashdilar va kelgusidagi hamkorlik aloqalari bo’yicha kelishib oldilar.

 

 

 

 

 

 

 

11:37 / 2020-02-27
Success helper
Success warning