“QIZLAR DAVRASI” KO’RIK-TANLOVINING FINAL BOSQICHI

“QIZLAR DAVRASI” KO’RIK-TANLOVINING FINAL BOSQICHI

    Instituti Xotin-qizlar boshlang’ich tashkiloti, Ma’naviyat va ma’rifat, yoshlar bilan ishlash bo’limi, “Qizlarjon” klubi hamda institut talabalar Kengashi hamkorligida bahor faslinining ilk kunlaridanoq an’anaga aylangan “Qizlar davrasi” ko’rik-tanlovining final bosqichi o’tkazildi.

 

    Ko’rik-tanlov ishtirokchilarining chiqishlarini “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot bo’limi rahbari, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent Akramova Feruza Akmalovna, Toshkent shahar Yunusobod tuman Xotin-qizlar jamoatchilik kengashi raisi Ishxodjayeva Gulnora Muxitdinovna, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Buxgalteriya hisobi” kafedrasi mudiri vazifasini bajaruvchi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Ergasheva Shaxlo Turg’unovna, Toshkent moliya instituti Sirtqi bo’lim boshlig’i, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Qo’ziyeva Nargiza Ramazanovna, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist, taniqli kinorejissyor Baxodir Murodov kabi ustozlardan tarkib topgan Hakamlar hay’ati a’zolari baholab bordilar.

 

    Ishtirokchilar kitobxonlik, san’at, sahna madaniyati sohalaridagi mahoratlarini ajoyib ijrolarda, mazmunli sahna ko’rinishlarda, jozibali raqslarda va jonli ijrodagi qo’shiqlarda namoyish qildilar.

 

    Ko’rik-tanlov natijalariga ko’ra, 1-o’rinni Bank ishi fakulteti talabasi Abdusattorova Mushtariy egalladi va munosib ravishda “Institut malikasi” nominatsiyasi g’olibi bo’ldi. Byudjet hisobi va g’aznachilik fakulteti talabasi Maratova Gulnoza – 2-o’ringa, Soliqlar va sug’urta fakulteti talabasi Baybekova Oygul esa 3-o’ringa sazovor bo’ldi. Bundan tashqari, Buxgalteriya hisobi va audit fakulteti talabasi Hayotjonova Mehriniso “Eng iste’dodli qiz”, Moliya fakulteti talabasi Umarova Zulfiya “Eng ijodkor qiz”, Iqtisodiyot fakulteti talabasi Jo’rayeva Amina “Eng yaxshi kitobxon qiz”, TMI-Polotsk qo’shma fakulteti talabasi Sa’dullayeva Laylo esa “Eng zukko qiz” nominatsiyalari bo’yicha g’oliblikni qo’lga kiritdilar.

 

    Ko’rik-tanlov yakunida barcha ishtirokchilar diplom, faxriy yorliq va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

 

 

08:38 / 2020-03-10
Success helper
Success warning