“Fan va ta’lim sohasidagi jahon nashriyotlarining elektron resurslari va agregatorlari” mavzusida seminar trening

“Fan va ta’lim sohasidagi jahon nashriyotlarining elektron resurslari va agregatorlari” mavzusida seminar trening

    2020-yil 14-mart kuni Toshkent moliya institutitining 1-ma’ruzalar zalida institut professor-o‘qituvchilari, doktorantlari va mustaqil izlanuvchilari uchun “E-LINE PRESS” kompaniyasi tomonidan “Fan va ta’lim sohasidagi jahon nashriyotlarining elektron resurslari va agregatorlari” mavzusidagi seminar trening tashkil qilindi.

 

    Seminar-trening “E-LINE PRESS” kompaniyasi tomonidan institut jamoasi uchun ProQuest hamda Grebennikon elektron kutubxonalari resurslaridan 2020-yilning 12-martidan 1-apreliga qadar bepul foydalanish imkoniyati berilganligi munosabati bilan tashkil etildi.

 

    Seminar treningda Pazilova N.A. (“E-LINE PRESS” kompaniyasining chet el nashriyotlari hamda kompaniyalari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i) “ProQuest hamda Grebennikon elektron kutubxonalari resurslaridan foydalanish tartibi, SCOPUS, WEB OF SCIENCE, RINTs turkumidagi jurnallarga maqolalarni chop ettirish uchun tayyorlash” mavzusida taqdimotni tinglovchi qatnashchilarga havola qildi. Shuningdek, Rossiya davlat iqtisodiyot instituning “Xalkaro iqtisodiyot” kafedrasi dotsenti, Phd. TEMIRXANOVA M.J. “E-library, Science Index, Scopus, Web of Science, Researchgate, Google scholar elektron kutubxonalari resurslaridan foydalanish tartibi, ro‘yxatdan o‘tish, Xirsh indekslarini ko‘tarish uslublari” mavzusida yig‘ilganlarga ma’ruzani taqdim qildi hamda Toshkent moliya institutining “Oliy matematika, statistika va ekonometrika” kafedrasi professori, f-m.f.d. ABDIKARIMOV R.A. “SCOPUS turkumidagi jurnallarda maqolalarni chop etish borasidagi tajribalar” mazularida chiqishlar qilib o‘z  tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.

 

    Seminar davomida  ishtirokchilar o‘zlari qiziqqan savollariga javoblar olishdi.

 

11:54 / 2020-03-16
Success helper
Success warning