“Navro’z bayrami” taraddudidagi umumxalq hashar tadbirlari.

“Navro’z bayrami” taraddudidagi umumxalq hashar tadbirlari.

       Xalqimizning qadimiy va asl qadriyatlaridan biri bu-hashardir. Uning zamirida obodlik, hamjihatlik, mehr-oqibat, xayr-saxovat, bunyodkorlik kabi ezgu maqsad mujassam. Ana shunday ezgu maqsadlar ro’yobini amalga oshirish maqsadida 2020-yilning 14-mart sanasida Toshkent moliya institutida “Navro’z bayrami” taraddudida hashar tadbirlari o’tkazildi.

Hasharda institutning ishchi-hodimlari, professor-o’qituvchilar hamda ko’ngilli talaba-yoshlar ishtirok etdilar. Institut yon-atroflarini supurilib, ariqlarning ichlari chiqindilardan tozalandi, o’quv auditoriyalari hamda kutubxonalar tartibga keltirildi. Bundan tashqari, institutimizning mehnatkash jamoasi tomonidan bayram sayllarida xalqimiz va chet el mexmonlari to’planadigan Toshkent shahrida joylashgan saylgoh va xiyobonlarda obodonlashtirish ishlari davom ettirildi.

Respublikamiz bo’ylab o’tkazilayotgan mazkur hashar tabdirlarida mehnat qilgan barcha katta-yu kichik, xususan, Toshkent moliya instituti jamoasi a’zolarining kayfiyati ko‘tarilib, o’z ishlaridan ko’ngillari to’ldi. Chunki, bobolarimiz aytganlaridek “Obodlik kongildan boshlanadi”, ko’ngli obod kishi esa nafaqat oilasini balki o’zi yashab turgan maskanini qadrlab, uni obod tutadi.

 

09:12 / 2020-03-14
Success helper
Success warning