“Yoshlar-Prezident nigohida”
2020-yil 04-dekabr kuni “Elektron tijorat va raqamli iqtisodiyot” kafedrasi pedogog-xodimlari tomonidan “Yoshlar-Prezident nigohida” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi.
Tadbirda Toshkent shahar Olmazor tumani IIO FMB 4-sonli IIB XPB profilaktika katta inspektori leytenant A.Qodirov, Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi a’zosi, pedagog F.Sindarova mehmon sifatida ishtirok etdilar.
Tadbir davomida davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tashkil qilinganligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida Yoshlar akademiyasi tashkil etilganligi, so’nggi yillar davomida iqtidorli yoshlarni rag’batlantirish, ularning amaliy va innovatsion loyihalarini qo’llab-quvvatlash, tashabbuslarini hayotga tatbiq etish borasida salmoqli ishlar qilinayotganligini aniq misollar asosida gapirib berdi.