Raqamli iqtisodiyot sharoitida investitsiya faoliyati

Raqamli iqtisodiyot sharoitida investitsiya faoliyati

2021-yilning 5-may kuni “Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi tomonidan “Raqamli iqtisodiyot sharoitida investitsiya faoliyatini rivojlantirishning dolzarb masalalari” mavzusida Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi.

 

 

Anjumanda tajribali amaliyotchi mutaxassislar, professor-o’qituvchilar va ilmiy izlanuvchilar raqamli iqtisodiyot sharoitida investitsiya faoliyatini jadallashtirishda qo’shma korxonalarning ro’li, O’zbekistonda xorijiy investorlar uchun yaratilgan investitsiya muhitini yanada yaxshilash, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish omili sifatida moliyaviy texnologiyalarning o’rni, mamlakatimiz investitsiya faoliyatini rivojlantirishda fond bozorining ahamiyati va faoliyatni rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari bo’yicha o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

 

 

O’tkazilgan mazkur ilmiy-amaliy anjumanda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Davlat statistika qo’mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tizimidagi OTM mas’ullari hamda amaliyotchi-mutaxassislar ishtirok etdilar.

 

 

14:37 / 2021-05-06
Success helper
Success warning