Xotin-qizlarni tazyiq va zo’ravonlikdan himoya qilish tarafdorimiz!

Xotin-qizlarni tazyiq va zo’ravonlikdan himoya qilish tarafdorimiz!


2022-yil 6-dekabr kuni institut Xotin-qizlar kengashi va Buxgalteriya hisobi va audit fakulteti xotin-qizlar faollari tashabbusi bilan “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish tarafdorimiz” mavzusida tadbir tashkil etildi.
 

Unda Yunusobod tuman Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi Xotin-qizlar bilan ishlash boʻyicha katta inspektorlari: kapitan M.Pirmatova va E.Saparova, Yunusobod tuman 1-sonli FHDYO boʻlimi mudirasi G.Moʻminova talabalarning xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikning har qanday shakl va turlaridan himoya qilish masalalarida huquqiy savodxonligini oshirishga xizmat qiladigan mazmunli maʻruzalari bilan ishtirok etdilar.
 





 

Tadbirda, shuningdek, “Biz zoʻravonlikka qarshimiz” shiori ostida talabalar oʻrtasida oʻtkazilgan videoroliklar tanlovi gʻoliblari eʻlon qilindi hamda ularga tantanali ravishda diplomlar topshirildi.

20:33 / 2022-12-06
Success helper
Success warning