MURAD BUILDINGS kompaniyasi asoschisi Murod Nazarov bilan “Tadbirkorlik maktabi: biznes texnologiyalar” mavzusida suxbat

MURAD BUILDINGS kompaniyasi asoschisi Murod Nazarov bilan “Tadbirkorlik maktabi: biznes texnologiyalar” mavzusida suxbat

 2019-yilning 4-noyabr kuni Toshkent moliya institutida “Tadbirkorlik maktabi: biznes texnologiyalar” mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Seminarga MURAD BUILDINGS qurilish-developerlik kompaniyasi asoschisi Murod Nazarov taklif qilindi. Seminar “Iqtisodiyot” kafedrasi negizida faoliyat ko’rsatayotgan “Yosh iqtisodchi” iqtidorli talabalar to’garagi rejasiga muvofiq tashkil etildi. Seminarning asosiy maqsadi talabalarga biznes texnologiyalar va modellarni, ijodiy yondashuv va innovatsion yechimlarni o’rgatishga qaratilgan. Mazkur trening o’quv va informatsion shaklda o’tganligi sababli talabalarda katta qiziqish uyg’otdi.

 

 Sizning ham shu kabi seminar-treninglarda ishtirok etishga xohishingiz bormi? Unda “Yosh iqtisodchi” to’garagi yangi talaba-ishtirochilarni to’garakka qabul qilishga tayyor. To’garak faoliyatini olib boruvchi “Iqtisodiyot” kafedrasi o’qituvchilari: G.Xalikulova, U.Zaynutdinova, M.Nuralieva va O.Mamadiyorovlarga murojaat etishingiz mumkin.

 

 

11:06 / 2019-11-07
Success helper
Success warning