ADOLAT-“HUQUQ BILIMDONLARI” JAMOASI
7-dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27 yilligiga bag'ishlangan "Huquq bilimdonlari" ko'rik tanlovi bo'lib o'tdi.
Tanlovda Soliqlar va sug'urta fakultetining "Adolat elchilari", Bank ishi fakultetining "Adolat", Byudjet hisobi va g'aznachilik fakultetining "Mezon", Moliya fakultetining "Demokratiya", Buxgalteriya hisobi va audit fakultetining "Auditor" hamda Iqtisodiyot fakultetining "Taraqqiyot" jamoalari “Tanishtiruv”, “Savol-javob” hamda “Sahnaviy ko’rinish” shartlari bo'yicha o'zaro bellashdilar.
Tanlov yakuniga ko'ra:
1-o'rinni "Adolat" jamoasi;
2-o'rinni "Adolat elchilari" jamoasi;
3-o'rinni esa "Demokratiya" jamoasi qo'lga kiritdilar.
Tadbir so'ngida g'olib jamoalar institut rahbariyatining faxriy yorliq va estalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.