“Konstitutsiya – fuqarolik jamiyati poydevori”
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 28 yilligiga bag‘ishlab institutimizda “Konstitutsiya – fuqarolik jamiyati poydevori” mavzusida bayram tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirga Toshkent shahar prokuraturasining “O‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish” bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari, adliya kichik maslaxatchisi Botir o‘g‘li Rasuljon, O‘zbekiston "Adolat" SDP Toshkent shahar Yunusobod tumani Kengashi raisi Nasirov Abdulaziz Axmatullaevich mehmon sifatida tashrif buyurib, “Fuqaro-jamiyat-davlat” o‘rtasidagi izchil hamkorlikning huquqiy yechimi bo‘lgan bosh qomusimiz haqida so‘z yuritdilar.