O‘zbekiston fan arbobidan seminar-trening darslari

O‘zbekiston fan arbobidan seminar-trening darslari

 O‘zbekiston fan arbobi, i.f.d.,prof. Ahmadjon O‘lmasov tomonidan Magistratura bo‘limi “Menejment” hamda “Korporativ moliya va qimmatli qog‘ozlar” ta’lim yo‘nalishlari birinchi kurs tenglovchilari uchun “Foyda va zarar” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

 Seminar-treningni interaktiv muloqot shaklida o‘tkazish davomida foydaning turlari, uning o‘zgarishiga qanday omillar ta’sir ko‘rsatishi, foydani maksimallashtirish, zarar va bankrotlik, risk va unga munosabat, xarajatlarni qoplash qonuni hamda foydaning miqdori va unga ta’sir etuvchi omillar kabi qiziqarli mavzularda so’z yuritilib, unda o’qitishning ekspress-so‘rov hamda aqliy hujum metodlaridan foydalanildi. Mashg‘ulotda tinglovchilar faol ishtirok etdilar. Seminar-trening ishtirokchilarida ko‘pgina dolzarb masalalar yuzasidan fikrlar uyg‘ondi va ular dars so‘ngida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga munosib javob oldilar.

 

17:29 / 2019-10-08
Success helper
Success warning