Toshkent moliya instituti hamda Latviya tabiiy fanlar va texnologiyalar universiteti o’rtasida xalqaro hamkorlik dasturlari bo’yicha shartnoma imzolandi.

Toshkent moliya instituti hamda Latviya tabiiy fanlar va texnologiyalar universiteti o’rtasida xalqaro hamkorlik dasturlari bo’yicha shartnoma imzolandi.

Joriy yilning 5-oktyabr sanasida Latviya tabiiy fanlar va texnologiyalar universiteti (Latvia University of Life Sciences and Technologies) rektori Irina Pilvere hamda shu universitetning Xalqaro xamkorlik markazi rahbari Voldemars Bariss, Tashqi aloqalari kordinatori Ligita Vaita, Oziq-ovqat texnologiyalari fakulteti dekani Inga Ciprovica ning Toshkent moliya institutiga tashriflari natijasida xalqaro hamkorlik dasturlari bo’yicha o’zaro kelishuv shartnomasi imzolandi. Mazkur sharnoma:

a) amaliyotchilar almashinuvi (professorlar, o’qituvchilar va tadqiqotchilar);

b) talabalar almashinuvi (talabalar va magistrantlar);

c) o’quv ma’lumotlari va materiallari bo’yicha almashinuv;

d) davriy ilmiy nashrlar almashinuvi;

e) qo'shma ilmiy-tadqiqot dasturlarini tashkil etish kabi masalalar yuzasidan imzolandi.

 

18:13 / 2019-10-10
Success helper
Success warning