Zamonaviy menejment va boshqaruv mahorati
“Menejment va marketing” kafedrasi iqtisodiyot tarmoqlari bilan samarali faoliyat olib bormoqda.
So‘nggi yillarda yangilanayotgan O‘zbekistonimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar samaradorligini yanada oshirish va ularning mazmun mohiyatini keng ommaga yetkazib borishda rahbar xodimlarning boshqaruv mahoratini zamonaviy menejment tamoyillari asosida oshirib borishni taqozo etmoqda. Shu munosabat bilan “Menejment va marketing” kafedrasi tashabbusi bilan joriy yilning 9-10 iyul kunlari institutda AJ “Poytaxtbank” rahbar xodimlari uchun “Zamonaviy menejment va boshqaruv mahorati” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.