“O‘zbekistonning xalqaro moliya tizimiga integratsiyalashuvini kuchaytirish yo‘llari”

“O‘zbekistonning xalqaro moliya tizimiga integratsiyalashuvini kuchaytirish yo‘llari”

   Toshkent moliya instituti “Xalqaro moliya-kredit” kafedrasi tomonidan 2020-yil 14-noyabr kuni “O‘zbekistonning xalqaro moliya tizimiga integratsiyalashuvini kuchaytirish yo‘llari” mavzusida respublika miqyosida ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.

 Anjuman mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada rivojlantirish va liberallashtirishda xalqaro iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash, jumladan, yetakchi xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlar bilan aloqalarni kengaytirish, puxta o‘ylangan tashqi qarzlar siyosatini amalga oshirishni davom ettirish bo‘yicha olib borilayotgan islohlarni mahalliy va xorijiy iqtisodchi olimlar, soha mutaxassislari, yosh tadqiqotchi-izlanuvchilar ishtirokida muhokama qilish, natijalarni baholash, iqtisodiyotni innovatsion taraqqiy ettirish yuzasidan ilg‘or xorij tajribalarini O‘zbekistonda ijodiy qo‘llash bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida o‘tkazildi.

   Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi, Kapital bozorini rivojlantirish agentligi, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda Misr Arab Respublikasi Benxa universitetidan soha mutaxassislari va olimlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

   Anjumanda mamlakatimizning xalqaro moliya tizimi va iqtisodiy integratsiya jarayonlaridagi ishtirokini faollashtirish, xalqaro moliya tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, xalqaro moliya munosabatlarini rivojlantirishda raqamli texnologiyalarni qo‘llash imkoniyatlari, xalqaro moliya bozori rivojlanishining zamonaviy tendentsiyalari hamda korporativ sektorda tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish kabi dolzarb masalalar muhokamasi o‘rin oldi.

   Anjuman so’ngida ko‘rilgan masalalar, muammolar va ularning yechimiga qaratilgan xulosa va takliflar berildi.

 

11:36 / 2020-11-15
Success helper
Success warning