“Banklarning xalqaro operatsiyalar bilan bog‘liq risklar” mavzusida onlayn darslar

“Banklarning xalqaro operatsiyalar bilan bog‘liq risklar” mavzusida onlayn darslar

 Dars jarayonlariga xorijiy mutaxassislarni jalb qilish bo‘yicha “Bank ishi” kafedrasi reja uzviyligini ta’minlash maqsadida prof. Sh.Abdullayeva tashabbusi bilan 2019-yil 9-noyabr kuni soat 10:00 dan 14:10 gacha Germaniyaning “Creditreform Rating” kompaniyasi moliyaviy analitigi Sardor Abdullayev tomonidan “Bank risklari” fanidan magistratura bo‘limi talabalari uchun “Aktiv va passivlar operatsiyalar bilan bog‘liq risklar va ularni boshqarish” va “Banklarning xalqaro operatsiyalari bilan bog‘liq risklari” mavzularida navbatdagi onlayn darslar tashkil etildi. 4 soatlik onlayn maruza darsi hamda 2 soatlik interaktiv usulda amaliy dars situatsion masalalar yechish, o‘z fikrini bayon qilish, savol-javoblar tariqasida master-klass tashkil etildi. Unda talabalar, kafedra professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqodchilar ishtirok etishdi.

 

13:43 / 2019-11-14
Success helper
Success warning