“Qizlar davrasi” ko’rik-tanlovi bo’lib o’tdi

“Qizlar davrasi” ko’rik-tanlovi bo’lib o’tdi

    Toshkent moliya institutida talaba-qizlar o’rtasida “Balli, qizlar!”, “Qizlar davrasi”, “Institut malikasi” kabi ko’rik-tanlovlarni o’tkazish ko’p yillardan beri an’anaga aylanib qolgan.

 

      Mustaqillik tengdoshi bo’lgan institutimizning 30 yilligiga bag’ishlab joriy yil 17-mart kuni “QIZLAR DAVRASI” ko’rik-tanlovining institut bosqichi o’tkazildi. Unda o’zlari tahsil olayotgan fakultetlari shoni-sharafini himoya qilish mas’uliyati zimmalariga yuklangan talaba-qizlarimiz o’z mahoratlari, ijodiy ishlari, noyob iste’dodlari va qo’l mehnati namunalarini namoyish qilish bilan birga, tezkor savollarga tezkor javob berish bilan egallayotgan mutaxassisliklari bo’yicha bilimlari va zukkoliklarini ko’rsatdilar.

 

     Ishtirokchilarning chiqishlari malakali va talabchan Hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi. Tanlovning barcha ishtirokchilari faxriy yorliqlar va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar. Tadbirda ishtirok etgan Toshkent shahar Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi mutaxassislari esa talaba-qizlarga ayollar tadbirkorligini yo’lga qo’yish uchun imtiyozli bank kreditlarini olish imkonini beruvchi maxsus sertifikatlar topshirdilar.

 

Ko’rik-tanlov natijalari esa quyidagicha bo’ldi:

Usmonova Durdona Shuxrat qizi - Bank ishi fakulteti – “Institut malikasi” nominatsiyasi bo’yicha;

Boymurodova Lobar Tursunboy qizi - Byudjet hisobi va G’aznachilik fakulteti – “Eng zukko qiznominatsiyasi bo’yicha;

Normuhammedova Madina Botir qizi - Buxgalteriya hisobi va audit fakulteti – “Eng iste’dodli qiznominatsiyasi bo’yicha;

Jo’rayeva Oybonu Boli qizi - Soliqlar va sug’urta fakulteti – “Eng mahoratli qiznominatsiyasi bo’yicha;

Azamova Nigina O’ktam qizi - Moliya fakulteti – “Eng ijodkor qiznominatsiyasi bo’yicha;

Rasulova Robiya Erkin qizi – Iqtisodiyot fakulteti – “Eng ibratli qiznominatsiyasi bo’yicha;

Tojiboyeva Iroda Jumanazar qizi - TMI-PDU qo’shma fakulteti – “Eng latofatli qiznominatsiyasi bo’yicha tanlov g’olibi bo’ldilar.

    Barcha ishtirokchilarni va ularning ustozlarini ushbu yutuqlar bilan tabriklaymiz, ularning o’qish va ishlarida ulkan zafarlar tilaymiz.

 

 

 

11:53 / 2021-03-18
Success helper
Success warning