“O‘zbek tili” fani bo‘yicha onlayn fan olimpiadasining 1-bosqichi o‘tkazildi

“O‘zbek tili” fani bo‘yicha onlayn fan olimpiadasining 1-bosqichi o‘tkazildi

Toshkent moliya instituti talabalarining qishki ta’tilini mazmunli hamda samarali o‘tkazish maqsadida 2024-yil 3-yanvar kuni Toshkent moliya instituti “O‘zbek va rus tillari” kafedrasi tomonidan “O‘zbek tili” fani bo‘yicha onlayn fan olimpiadasining 1-bosqichi o‘tkazildi. Institutning barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan 50 nafardan ziyod 1-2-kurs talabalari mazkur onlayn olimpiadada faol ishtirok etishdi.

 

Olimpiadaning ochilish qismida “O‘zbek va rus tillari” kafedrasi mudiri, f.f.n. N.H.Yunusova nutq so‘zladi hamda talabalarga mazkur olimpiadada muvaffaqiyatli ishtirok etishlarini ta’kidladi. Shuningdek, “O‘zbek va rus tillari” kafedrasi dotsenti N.Dilmurodova va o‘qituvchi R.Abduxalilovalar tomonidan talabalarga “Onlayn fan olimpiadasini o‘tkazish to‘g‘risida”gi Nizom talablari tushuntirib o‘tildi.

 

“O‘zbek tili” fanidan onlayn fan olimpiadasining 1-bosqichida “flexiquiz.com” dasturida o‘tkazilgan test natijalariga ko‘ra 12 nafar talaba saralab olindi hamda kelgusi bosqichga tavsiya etildi.

 

Fan olimpiadasining yakuniy bosqichi 2024-yil 5-yanvarda ZOOM platformasi orqali o‘tkazilishi belgilangan.

17:45 / 2024-01-03
Success helper
Success warning