“Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi pedagog xodimlari tomonidan “Sport – salomatlik va tinchlik elchisi” mavzusida tadbir o‘tkazildi

“Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi pedagog xodimlari tomonidan “Sport – salomatlik va tinchlik elchisi” mavzusida tadbir o‘tkazildi

 2019-yil 22-noyabr kuni “Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi dotsenti, i.f.n. L.Sh.Sobirova, kafedra dotsenti v.b., i.f.n. M.A.Raimjanova, katta o‘qituvchilari N.F.Xonova, N.Q.Shaislamova, Sh.Sh.Asomxodjayeva, N.U.Aminovalar institut tasarrufidagi 3-talabalar turar joyiga tashrif buyurib, talaba-qizlar bilan birga sportning shashka turi bo‘yicha “Sport – salomatlik va tinchlik elchisi” mavzusida tadbir o‘tkazdilar.

 

 Mazkur tadbir “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus” doirasida amalga oshirilgan bo‘lib, institut talaba qizlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va shu orqali faol hayot tarzini yuritishlariga undash maqsadida tashkil etildi.

 

 

17:07 / 2019-11-23
Success helper
Success warning