“Investitsiya loyihalari samaradorligini diskontlash usullari yordamida baholash” mavzusida ochiq dars
“Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi dotsenti, i.f.n. Raimjanova Madina Asrarovna tomonidan 21-noyabr kuni, “Magistratura” bo'limining IB–5 guruhida “Investitsiyalarni iqtisodiy baholash” fanidan “Investitsiya loyihalari samaradorligini diskontlash usullari yordamida baholash” mavzusida ochiq ma'ruza darsi tashkil etildi.
Dars 4-juftlik, soat 13-50 da 107-auditoriyada bo'lib o'tdi. Ochiq darsda kafedra pedagog-xodimlaridan i.f.d., prof. K.Xomitov, i.f.n., dots. L.Sabirova, i.f.n., dots. L.Zoyirov, k.o'q. N.Shaislamova, k.o'q. Sh.Shayakubov, o'q. N.Shavkatov, o'q. B.Aktamovlar shuningdek, Magistratura bo'limi dekan muovini PhD A.Shomirov qatnashdilar. Ochiq darsga tashqi ekspert sifatida esa, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Jahon iqtisodiyoti” kafedrasi mudiri, i.f.n. dotsent Ismailova Nilufar Sabitdjanova taklif etildi.