“XOTIN-QIZLARNI TAZYIQ VA ZO’RAVONLIKDAN HIMOYA QILISH TARAFDORIMIZ” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI

“XOTIN-QIZLARNI TAZYIQ VA ZO’RAVONLIKDAN HIMOYA QILISH TARAFDORIMIZ” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI

 Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan e’lon qilingan “25-noyabr – Xotin-qizlarga nisbatan zo’ravonlikka barham berish xalqaro kuni” munosabati bilan mamlakatimizda “Biz zo’ravonlikka qarshimiz” aksiyalari o’tkazilmoqda. Ushbu aksiyalar doirasida Toshkent moliya institutida 2019-yil 21-noyabr sanasida Xotin-qizlar Kengashi tomonidan “Xotin-qizlarni tazyiq va zo’ravonlikdan himoya qilish tarafdorimiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.  

 

 Davra suhbatini institutning Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektori K.D.Karimova olib bordi. Tadbirda Toshkent shahar Yunusobod tuman xokimi o’rinbosari, tuman Xotin-qizlar qo’mitasi raisi Ishxodjayeva Gulnora Muxitdinovna “Biz xotin-qizlarni tazyiq va zo’ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tarafdorimiz” mavzusidagi, O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi katta o’qituvchisi Saidjalolov Saidafzal “Xotin-qizlar va erkaklarning oila va jamiyatdagi ijtimoiy o’rni” mavzusidagi, Toshkent davlat yuridik universiteti dotsenti, y.f.n. Qodirova Moxigul “Xotin-qizlarga ko’rsatiladigan tazyiq va zo’ravonlik holatlari va ulardan himoyalanish: yuridik jihatlar” mavzusidagi ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

 

 Ushbu tadbir ishtirokchilarning xotin-qizlarga nisbatan ko’rsatiladigan tazyiq va zo’ravonlikning har qanday shakl va turlaridan himoyalanish bo’yicha huquqiy savodxonliklarini oshirishga, yoshlarni oilada va jamiyatda sog’lom ma’naviy muhitni shakllantirish uchun tayyorlashga xizmat qilishi shubhasiz.

 

 

12:00 / 2019-11-23
Success helper
Success warning