“Giyohvandlik asr vabosi, undan yoshlarimizni asraylik” mavzusida kafedra haftaligi tadbiri

“Giyohvandlik asr vabosi, undan yoshlarimizni asraylik” mavzusida kafedra haftaligi tadbiri

 2019-yil 22-noyabr kuni “Elektron tijorat va raqamli iqtisodiyot” kafedrasi pedogog-xodimlari tomonidan “Giyohvandlik asr vabosi, undan yoshlarimizni asraylik” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi.

 

 Tadbirda Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi “Jinoyat qidiruv bo’limi” boshlig’i Sh.Otamurodov, “Byudjet hisobi va g’aznachilik” fakulteti dekani R.Saidov, “Byudjet hisobi va g’aznachilik” fakulteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan muovini B.Izbosarov, “Elektron tijorat va raqamli iqtisodiyot” kafedrasi mudiri U.Yakubov, mazkur kafedra pedogog-xodimlari va “Byudjet hisobi va g’aznachilik” fakulteti talaba yoshlari ishtirok etdilar.

 

 Tadbir mexmoni Sh.Otamurodov o’z so’zida giyohvandlikning kelib chiqishi, sog’liqni saqlash tizimida giyohvandlik illatiga qarshi qilinayotgan ishlar, giyohvandlik, tamaki va alkogol moddalarining girdobiga tushgan yoshlarning organizmidagi salbiy o’zgarishlar, naslga, sog’liqqa, ong va tafakkuriga ta’sirini aniq misollar asosida gapirib berdi.

 

 

18:50 / 2019-11-24
Success helper
Success warning