BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDITNI XALQARO STANDARTLARGA MUVOFIQLASHTIRISH
Toshkent moliya institutida 2020-yil 24-oktyabr kuni “Raqamli iqtisodiyot sharoitida buxgalteriya hisobi va auditni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish masalalari” mavzusida xalqaro miqyosida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.
Konferensiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-sentyabrda “O‘zbekiston respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3946-sonli Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4611-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazildi.
Xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya aynan buxgalteriya hisobi va auditni raqamli iqtisodiyotga o‘tish davrida xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish masalasiga qaratilgan bo‘lib, unda O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi mutaxassislari, O‘zbekiston Respublikasi buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi, O‘zbekiston Auditorlar palatasi hamkor boshqa hamkor tashkilotlar vakillari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.
Bundan tashqari xorijiy davlatlardan, jumladan, Malayziya, Belorus respublikasi, Janubiy Koreya respublikasidan taklif etilgan ma’ruzachilar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.
Tadbirda buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va auditni raqamli transformatsiyasi, buxgalteriya hisobi va auditni halqaro standartlarga muvofiqlashtirishning ustuvor masalalari, tadbirkorlik faoliyatida soliqlar hisobi va hisobotini takomillashtirish, davlat sektorida byudjet hisobini yuritishda xalqaro standartlarni joriy etish masalalari, raqamli iqtisodiyotda axborot tizimlari va uning huquqiy hamda iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash kabi masalalar muhokamasi o‘rin oldi.
Konferensiyada ko‘rilgan masalalar, muammolar va ularning yechimiga qaratilgan xulosa va takliflar berildi.