Хorijiy OTM larda o’qitish metodlari
Menejment kafedrasi o’qituvchisi, “El-yurt umidi” jamg’armasi stipendiyasi sohibi, Buyuk Britaniyaning “Nyukasl” universitetida magistratura bosqichini tamomlagan Rasulov Sh.H. kafedra hodimlari uchun Buyuk Britaniya OTMda o’qitish metodlari haqida taqdimot qildi.
Taqdimot davomida хorijiy OTM larda amaliyotda qo’llanilayotgan o’qitish metodlari, baholash me’zonlari va tajribalar to’g’risida fikr almashildi. Keltirilgan ma’lumotlarga ko’ra, Angliyaning Nyukasl universitetida o’qish jarayonida nazariyadan so’ng albatta “Case study” tayyorlanadi. Fanlardan baho olish uchun esa hayotiy, o’tilgan barcha mavzularni qamrab oladigan loyiha beriladi.
Masalan, “MSc International business management” dasturida talabalarning hayotiy loyihalari: Bunda har bir guruh Universitet tomonidan ajratilgan pul mablag’larini turli tovar va xizmatlarni Londondagi mashhur “Spitalfield” bozorida realizatsiya qilish orqali 2 kun davomida ko’paytirishlari kerak. Bu faoliyat talabalarning bir fan bo’yicha egallagan bir qancha nazariy bilimlarni amaliyotda qo’llashga imkon beradi. To’plangan mablag’ esa xayriyaga yo’naltiriladi.
Talabalar shu kabi loyihalarni qanday bajarishlari, qilgan tahlillari va yozgan hisobotlari asosida baholanadilar. Bu metod talabaning amaliy va nazariy ko’nikmalarini oshirish bilan birga ularni ma’suliyatni his qilishga o’rgatadi va haqiqiy mijozlar bilan aloqa qilish etikasini shakllantiradi.