“Davlat moliyaviy resusrslarini boshqarishni takomillashtirish”
“Byudjet hisobi va g’aznachilik ishi” kafedrasi tomonidan 2020-yil 27-oktyabr soat 11:00 da “Davlat moliyaviy resusrslarini boshqarishni takomillashtirish” xalqaro onlayn ilmiy seminar o’tkazildi.
Seminarda institut o’quv ishlari bo’yicha prorektor prof A.To’ychiyev, ilmiy va innovatsion ishlar bo’yicha prorektor prof. S.Mehmonov, “Audit” kafedrasi mudiri prof. I.Qo’ziyev, “Audit” kafedrasi professori B.Hamdamov, institut murabbiylar kengashi raisi U.Radjabov, Rossiya Federatsiyasi Hukumati qoshidagi Moliya universiteti ijtimoiy moliya deportamenti professori O.Makashina, institut professor-o’qituvchilari, “Davlat byudjeti g’azna ijrosi” bakalavriat ta’lim yo’nalishi talabalari ishtirok etdilar.
Uch soat davom etgan “Taklif qilingan professor” programmasi formatidagi tadbirda O.Makashina “Davlat sektori moliyaviy hisobotlarining ishonchliligi” mavzusida ma’ruza qildi. Bu ma’ruza tadbir qatnashchilarida katta qiziqish uyg’otib, savol-javob va baxs-munozaralar bilan yakunlandi.