HAMKORLIKDA KADRLAR TAYYORLASH: TA’LIM HALQLAR MANFAATIGA XIZMAT QILADI.

HAMKORLIKDA KADRLAR TAYYORLASH: TA’LIM HALQLAR MANFAATIGA XIZMAT QILADI.

HAMKORLIKDA KADRLAR TAYYORLASH:

TA’LIM HALQLAR MANFAATIGA

XIZMAT QILADI.

2020 yil 29 iyul kuni Toshkent moliya instituti hamda Tojikiston davlat huquq biznes va siyosat universitet rahbariyati o‘rtasida hamkorlikda kadrlar tayyorlashga maqsadli yo‘naltirilgan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur onlayn uchrashuvda Tojikiston davlat huquq biznes va siyosat universitet qoshida TMI-TDHBSU qo‘shma fakultetini tashkil etish yuzasidan  o‘zaro kelishib olindi. Xususan, hamkor oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun 3+1 dasturi, magistratura mutaxassisliklari uchun 1+1 dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

Onlayn uchrashuvda Toshkent moliya instituti hamda Tojikiston davlat huquq biznes va siyosat universiteti o‘rtasidagi akademik mobillik bo‘yicha o‘zaro kelishuv doirasida 2018 - 2020 yillar davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi tinglandi.

Onlayn tarzida o‘tkazilgan uchrashuvda hamkor OTMlar rektorlari akademik mobillik samarasini yanada oshirishga yo‘naltirilgan quyidagi hujjatlar loyihalari, ya’ni:

Toshkent moliya instituti hamda Tojikiston davlat huquq biznes va siyosat universitet o‘rtasida hamkorlik memorandumi;

Toshkent moliya instituti hamda Tojikiston davlat huquq biznes va siyosat universitet o‘rtasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha kelishuv shartnomasi;

Toshkent moliya instituti hamda Tojikiston davlat huquq biznes va siyosat universitetining qo‘shma fakulteti to‘g‘risida Nizom;

Toshkent moliya instituti hamda Tojikiston davlat huquq biznes va siyosat universiteti hamkorligini 2020/2021 yillarda yanada rivojlantirish yuzasidan “Yo‘l xaritasi” kabi ta’limning keng qamrovli tashkiliy-normativ hujjatlar atroflicha bandma-band muhokama etildi.

Toshkent moliya instituti hamda Tojikiston davlat huquq biznes va siyosat universiteti rahbariati O‘zbekiston va Tojikiston xalqlarini ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik, yagona din, o‘xshash madaniyat, urf-odat va an’analariga, ta’lim-tarbiya jabhasidagi hamkorlik istiqboliga konstruktiv tarzda to‘xtalishdi.Hamkor tomonlar XXI asrning o‘tgan o‘n yilliklari davrida oliy ta’lim tizimida tub o‘zgarishlar jadal kechayotgan jarayonda, xususan:

  • dunyo mamlakatlarida, shu jumladan O‘zbekiston va Tojikistonda ham oliy ta’limning qamrovi ortib borayotganligi;oliy ta’lim tizimining jozibadorligi uning globallashuvi darajasi bilan belgilanishi;
  • raqamli ta’lim va yangi texnologiyalar jadal o‘zlashtirilishi talab etilayotganligi;
  • ta’lim va akademik madaniyat sifatini yanada oshirish zarurligi;

aynan hamkorlik prirovardida Toshkent moliya instituti hamda Tojikiston davlat huquq biznes va siyosat universitetining istiqbolini belgilab berishi, o‘z navbatida, hamkor oliy ta’lim muassasalari bilim va ilmiy-tadqiqot markazlari manbalari bo‘lgan innovatsiya va texnologik taraqqiyot markazlariga jadal aylantirilishining omili bo‘lishiga ishonch bildirishdi.

  

19:40 / 2020-07-29
Success helper
Success warning