Intellektual salohiyatini oshirishda kitobxonlikning o‘rni

Intellektual salohiyatini oshirishda kitobxonlikning o‘rni

2021-yil 30-aprel kuni Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, "Birinchi darajali mehnat faxriysi" unvoni sohibi, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Norqul Bekmirzayev tomonidan “Talabalarning intellektual salohiyatini oshirishda kitobxonlikning o‘rni” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.

 

Ma’ruzachi Norqul Bekmirzayev mahorat darsida mutolaa ma’naviy ehtiyoj bo‘lib, alohida mas’uliyat, e’tiqod va shijoat, iroda va sabr-chidam so‘rashini, muhimi olam va odam mohiyatiga jiddiy yondoshmoq, so‘z va fikr mag‘ziga kirish orqali hayot manzaralarini keng tushunish vositasi ekanligi haqida batafsil gapirdi. Anglab o‘qilgan badiiy jihatdan yetuk asar syujeti va uslubi qalb, ong-shuur va sezgilarga ayricha ta’sir ko‘rsatib tafakkur zaxirasini samarali boyitishini jonli misollar yordamida tahlil qildi.

 

Mahorat darsida Byudjet hisobi va g‘aznachilik fakulteti dekani R.Saidov, “O‘zbek va rus tillari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda Byudjet hisobi va g‘aznachilik fakultetining talabalari ishtirok etdilar.

16:56 / 2021-05-04
Success helper
Success warning