Toshkent moliya institutida Oliy o‘quv yurtlararo ilmiy-amaliy konferensiya
29-mart 2019-yil Toshkent moliya institutida «Nofilologik oliy o‘quv yurtlarida tillarni o‘qitishning dolzarb muammolari» mavzusida Oliy o‘quv yurtlararo ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Konferensiyaning yalpi majlisida Moskva pedagogika davlat universiteti “Rus tilini o‘qitish metodikasi” kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari doktori Yanchenko Vladislav Dmitrievich “Ikki tillikda rus tilini o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlari”, Toshkent moliya instituti “O‘zbek va rus tillari” kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori Husanov Nishonboy Abdusattorovich “Mutaxassislik tili va matn yaratish”, Toshkent davlat yuridik universiteti “Til o‘rgatish” kafedrasi professori, pedagogika fanlari doktori Xashimova Dilbarxon Oʻrinbaevna “Rus tilini o‘qitishda elektron multimediya darsligidan foydalanish”, O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti Rus tilshunosligi kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori Djumanova Dilbar Raximovna “Til muloqotida jonli so‘zlashuvning ahamiyati”, DBQ Bojxona instituti “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi professori, pedagogika fanlari doktori Asilova Gulshan Asadovna “Til ta’limida rasmiy elektron muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish” mavzularida ma’ruza qildilar. Anjumanda respublikamizning 16ta oliy o‘quv yurtlaridan kelgan pedagog – hodimlari ishtirok etdilar. Tushlikdan so‘ng anjuman o‘z ishini 4ta sho‘bada davom ettirdi.