Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam

Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5282 va PQ-92 sonli  Qarorlari  hamda Toshkent moliya instituti rektorining 48-sonli buyruqlari ijrosini taʼminlash maqsadida, joriy yilning 26-fevral kuni institut professor-o‘qituvchilari, xodimlar, talaba-yoshlari hamda instituti hududida joylashgan “Buyuk turon” mahallasi yoshlari bilan “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam” shiori ostida sog‘lomlashtirish tadbiri bo‘lib o‘tdi.

 

 

 

Mazkur tadbirda institut professor-o‘qituvchilari, xodimlari, talaba-yoshlar “Jismoniy madaniyat va sport faoliyati” kafedrasi o‘qituvchilari, “Buyuk turon” mahallasi fuqarolari ishtirok etishdi.

 

 

Sport tadbirdagi ishtirokchilar institutimiz sport majmuasida 5000 qadam masofani bosib o‘tib, badantarbiya mashqlarini zo‘r ishtiyoq bilan bajarishdi.

 

 

 

 


 

Taʼkidlash joizki, bu kabi ommaviy sog‘lomlashtirish tadbirlari institutimiz professor-o‘qituvchilari, xodimlar hamda talaba-yoshlarni salomatligini yana-da mustahkamlashda muhimdir.
16:28 / 2022-02-26
Success helper
Success warning