5 tashabbus bilan buyuk kelajak sari

5 tashabbus bilan buyuk kelajak sari

    2020-yilning 27-oktyabr sanasida Toshkent moliya instituti, O’zbekiston Xalq demokratik partiyasi markaziy kengashi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda “5 tashabbus bilan buyuk kelajak sari” shiori ostida tadbir tashkil etildi.

    Menejment va marketing kafedrasi tashabbusi ostida bo’lib o’tgan mazkur tadbir “Kitobxonlik buyuk kelajak kafolati” mavzusida, onlayn ochiq muloqot shaklida o’tkazildi.

     Xalq demokratik partiyasi a’zolari “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishda kitobxonlikning ahamiyati” haqida so’z yuritgan bo’lsalar, “Eng ulug‘, eng aziz” ko‘rik tanlovi g‘olibi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Sobir O‘nar esa “Hayotingni yaxshilamoqchi bo’lsang kitob o’qi” mavzusidagi tavsiyaviy ma’ruzalarini talabalarga yetkazdilar.

 

 

 

13:58 / 2020-10-28
Success helper
Success warning