Toshkent moliya institutida 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi. Mazkur tadbirda institutning bir qator ishchi-xodimlari institut rektorati va Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan taqdirlandilar.
Bayramning uzviy davomi sifatida barcha ishchi-hodimlar bayram dasturxoniga taklif etildilar. Shirin taomlaru jonli musiqa ijrosi yig‘ilganlar kayfiyatiga ko‘tarinkilik baxsh etdi.
Eslatib o’tamiz, 2021-yilning 6-mart sanasida, soat 12-00 da institutning 1-ma’ruzalar zalida muhtarama o’qituvchi-pedagoglar va oqila talabalarimiz uchun bayram tadbiri va taqdirlash marosimi o’tkaziladi.