“Oʻzbekistonda ACCA va DipIFR kurslarida oʻqish imkoniyatlari” mavzusida uchrashuv tashkil etildi
Joriy yilning 28-noyabr kuni “International institute of finance and accounting” sertifikatlangan diplomli buxgalterlar xalqaro assotsatsiyasi (ACCA) “Gold” akkreditatsiya asosida faoliyat koʻrsatayotgan xalqaro oʻquv markazi tomonidan Toshkent moliya institutida "Oʻzbekistonda ACCA va DipIFR kurslarida oʻqish imkoniyatlari" mavzusida uchrashuv tashkil etildi.
Unda institut Oʻquv ishlari boʻyicha prorektori S.U.Mehmonov, ACCAʻning Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi vakili Janna Isembayeva, rossiyalik mutaxassis Lena Naumenko, “Grant Thornton” xalqaro auditorlik tashkilotining raisi N.Karimov, professor-oʻqituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Uchrashuvda ACCA xalqaro professional dasturi boʻyicha talabalarga tushunchalar berildi. Shuningdek, tadbirda talabalar bilan ACCAni bilish darajalari boʻyicha onlayn blits savol-javob oʻtkazilib, gʻolib boʻlgan talabalarga IIFA xalqaro oʻquv markazi tomonidan esdalik sovgʻalari topshirildi.
Mazkur amaliy tadbir qiziqarli savol-javoblarga boy, koʻtarinki ruhda oʻtkazildi.