Adiblar xiyobonida “Katta adabiyot bayrami”
Toshkent moliya instituti talabalari Adiblar xiyobonida “Katta adabiyot bayrami” haftaligi doirasida “Erkin, yosh avlodlar senga zo‘r qanot” shiori ostida o‘tkazilayotgan respublika talaba-yoshlari festivalida ishtirok etishdi.
Tadbirlarda O‘zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi raisining ijodiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Nodir Jonuzoq, Abdulla Qahhor uy muzeyi direktori Sanobar Matlubova ishtirok etishib, XX asr o‘zbek adabiyoti rivojiga ulkan hissa qo‘shgan adib, Abdulla Qahhor asarlari borasida o‘z mulohazalarini bildirib o‘tdilar. Bayram tadbiri davomida institut “Moliyachi gulshani ashula va raqs ansambli” jamoasi tomonidan tayorlangan katta bayram badiiy dasturi ham namoyish etildi.
Bundan tashqari Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi Otchopar-1 mahallasida yashovchi "Ayollar daftari" va "Temir daftar"ga kirgan hamda kam ta’minlangan oilalarning bir guruh a’zolari Toshkent moliya instituti "Xalqaro moliya" kafedrasi mudiri J.Ataniyazov tashabbusi bilan joriy yilning 20-may kuni haftalik doirasida "Adiblar xiyoboni”ga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida mahalla a’zolari Qahhor haykali oldida institut jamoasi tomonidan tayyorlangan teatrlashtirilgan bayram tadbirini tamosha qilishib, xiyobon hududini aylanishdi. Shuningdek, tadbir davomida barcha ishtirokchilar Abdulla Qahhor uy muzeyiga ekskursiya uyushtirildi. Mazkur bayram tadbiri davomida barcha ishtirokchilarga ko‘tarinki ruh va bayramona kayfiyat ulashildi.
Eslatib o‘tamiz: Joriy yilning 17-mayidan 22-mayiga qadar Adiblar xiyobonida “Katta adabiyot bayrami” haftaligi tadbirlari bo‘lib o‘tadi.