“O‘zbek adabiyotida esse janrining o‘rni” mavzusida master-klass

“O‘zbek adabiyotida esse janrining o‘rni” mavzusida master-klass

 2020-yil 6-fevral kuni Toshkent moliya institutining Sirtqi bo‘limida “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi mudiri N.Husanov hamda katta o‘qituvchilar N.Dilmurodova va M.Shermuhamedovalar tomonidan “O‘zbek adabiyotida esse janrining o‘rni” mavzusida master-klass o‘tkazildi.

 

 Mazkur tadbirda Sirtqi bo‘lim dekani, professor N.Qo‘zieva, dekan muovini X.Shodmonov, O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot agentligi rahbari, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, yozuvchi Abdusaid Kuchimov hamda SMM-51 va SM-50 guruh talabalari ishtirok etdilar.

 

 Yozuvchi A.Ko‘chimov o‘zbek adabiyotining yirik vakillari O‘zbekiston Qahramonlari Abdulla Oripov va Erkin Vohidov ijodlari bo‘yicha ma’ruza qildi. Shuningdek, o‘zbek adabiyotida esse janrining o‘rni va ahamiyati haqida batafsil gapirdi. Tadbir qiziqarli va jonli tarzda o‘tdi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

 

 

17:03 / 2020-02-08
Success helper
Success warning