Ajdodlarimiz maktabi-ma’naviyatimiz gavhari.
Ajdodlarimizning fikrlab aytgan gaplari bizlar uchun maktab vazifasini o‘taydi, dunyoqarash va ma’naviyatimizni yanada oshirishga xizmat qiladi.
(Shavkat Mirziyoyev)
12-fevral kuni “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi tomonidan buyuk ajdodlarimiz-Alisher Navoiy va Zaxiriddin Muxammad Bobur tavalludiga bag‘ishlab institutida taniqli shoir va yozuvchilar ishtirokida “Ajdodlarimiz maktabi-ma’naviyatimiz gavhari” mavzusidagi adabiy-marifiy anjuman bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori Abdusaid Ko‘chimov, Guliston jurnali bosh muxarriri Mamatqul Hazratqulov va “Bank ishi” fakulteti talabalari ishtirok etdilar.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar “Odami ersang demagil odamiy, Onikim yo‘q xalq g‘amidin g‘ami”, degan satrlari asnosida dunyoda insonlarning dard-u tashvishlarini o‘ylab yashagan A.Navoiy hamda 12 yoshidan boshlab Temuriylar davlatini saqlab qolish uchun o‘zini o‘tga ham, cho‘qqa ham urgan, hech qanday dushmandan ham, sinovdan ham qo‘rqmagan, qirq olti yillik umri davomida bir zum halovat bilmasdan yashagan Z.M.Bobur haqida anjuman ishtirokchilarga jo‘shqin ishtiyoq bilan aytib berdilar.
Tadbir 1-sonli talabalar turar joyida ham davom etdi.
Oz ish uchun o‘zni itob aylama,
Qatu siyosatda shitob aylama.
(Alisher Navoiy)
Davlatga etib mehnat elin unutma,
Bu besh kun uchun o‘zingni asru tutma.
(Zahiriddin Muhammad Bobur)