3D fikrlash

3D fikrlash

Joriy yilning 11-mart kuni tаdbirkor, savdo va boshqaruv bo'yicha mutaxassis, Sales Doctor, RoboKidz va Milliard klubi asoschisi Alisher Isayev bilan "3D fikrlash"  mavzusida suhbat bo’lib o’tdi. 

Unda institutning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Alimnazar Islamkulov, Bank ishi va Iqtisodiyot fakultetlari talabalari va pedagog xodimlari qatnashdi. 







Tadbir interaktiv tarzda o’tdi. Unda amaliy vaziyatlar va ularni yechimini topish bo’yicha zamonaviy va noodatiy yondashuvlarni topish bo’yicha spiker o’z bilim va tajribalari bilan o’rtoqlashdi. 

Mazkur uchrashuv bevosita savol-javob tarzida tashkil etildi. Talabalar mavzu doirasida o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassis tomonidan atroflicha javob olishdi. 







Umuman olganda, Alisher Isayev bilan uchrashuvda talabalar biznesni yuritishdagi fikrlash bo’yicha yangi bilim va yondashuvlarni o’rganib olishdi va uchrashuv qiziqarli ma’lumotlarga boy bo’ldi.





20:57 / 2022-03-11
Success helper
Success warning