Amaliy tashrif
Joriy yilning 2-dekabr kuni institut O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori S.U.Mehmonov hamda Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor Sh.E.Sindarov TMI Andijon fakultetiga tashrif buyurishdi.
Prorektorlar fakultetdagi taʼlim jarayoni, olib borilayotgan amaliy ishlar, shuningdek, moddiy-texnik taʼminoti holati bilan tanishishdi.
Bundan tashqari, fakultetdagi pedagog-xodimlar hamda talaba-yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.