Yunusobod tuman g’aznachilik boshqarmasida qo’shma amaliyot darsi

Yunusobod tuman g’aznachilik boshqarmasida qo’shma amaliyot darsi

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-sonli qaroriga muvofiq Toshkent moliya institutida ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha har bir talabaning 2-kursdan boshlab tegishli tarmoq (soha)ning muayyan tashkilotlari va korxonalarida malakaviy amaliyotlar tizimli ravishda o‘tkazilishini, shuningdek ularning amaliy mashg‘ulotlarini bevosita ishlab chiqarishda tashkillashtirish borasida manzilli ishlar amalga oshirilmoqda.

 

 Toshkent moliya institutining “Moliya” fakulteti 2-bosqich MM-60 guruh talabalarini nazariy bilimlarini mustahkamlash va amaliy ko’nikmalarga ega bo’lish uchun O’zbekiston Respublikasi Yunusobod tuman g’aznachilik boshqarmasiga “Davlatiy moliya” kafedrasi o’qituvchi-assistenti Sh.Tursunxodjayeva boshchiligida qo’shma amaliyot darsini o’tkazish maqsadida tashrif buyurdilar.

 

21:31 / 2019-12-10
Success helper
Success warning