“Vaqtli qatorlarda avtokorrelyatsiya” mavzusida master-klass darsi o‘tkazildi

“Vaqtli qatorlarda avtokorrelyatsiya” mavzusida master-klass darsi o‘tkazildi

2024-yil 4-yanvar kuni Toshkent moliya instituti “Statistika va ekonometrika” kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirokida  kafedra dotsenti, Phd. F.Qodirov tomonidan “Vaqtli qatorlarda avtokorrelyatsiya” mavzusida master-klass darsi o‘tkazildi.

 

 

 

Ushbu master-klassda kafedra dotsenti F.Qodirov “Stata” dasturidan foydalangan holda vaqtli qatorlarda o‘zaro bog‘lanishlarni tahlil qilish, vaqtli qatorlarning o‘ziga xos komponentlarini grafiklarda tasvirlash, vaqtli qatorlar kesimida statsionarlikni baholash, avtokorrelyatsiya va uni tekshirish usullari kabi masalalarga atroflicha to‘xtalib o‘tdi. Tadbir so‘nggida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga ma’ruzachi tomonidan javob oldilar.

14:58 / 2024-01-04
Success helper
Success warning